So'nggi yangiliklar

Mehnat shartnomasini bekor qilinayotganda ogohlantirish muddatlari

1. Dastlabki sinov natijasiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda 3 kun (MK-132-moddasi) 2. Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinganda 3 kun (MK-158-moddasi)
3.  Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilingandan 14 kun oldin ish beruvchini ogohlantirishi kerak  (MK-160-moddasi)
 
O‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qo‘yilgan: 
- 2 oy oldin:  tashkilot rahbari (MK 489-moddasi 3-qismi);
- 1 oy oldin: rahbar o‘rinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari (MK 489-moddasi 4-qismi);
- 3 kun kalendar kun oldin: mavsumiy xodimlar (MK 494-moddasi 1-qismi);
- 3 kun kalendar kun oldin: vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar (MK 499-moddasi 1-qismi);
- 7 kun kalendar kun oldin: mikrofirmalar ish beruvchilarining xodimlari (MK 506-moddasi 1-qismi);
- 7 kun kalendar kun oldin: yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (MK 511-moddasi 1-qismi);
- 7 kun kalendar kun oldin: uy ishchilari (MK 518-moddasi 1-qismi).
 
Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, xodimlar sonining yoki shtatining o‘zgarishi munosabati bilan, shuningdek xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan  mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida vaqtinchalik xodimni kamida 3 kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. (MK 161-moddasi) Vaqtinchalik xodimni ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli. (MK-494-moddasi)
 
Mazkur ishga o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o‘rindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 2 hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to‘laydi. (MK-441-moddasi) Ya’ni bu yerda o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarni ishdan bo‘shatish nazarda tutilmoqda
 
Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, vaqtinchalik xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida 1 kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.  (MK 161-moddasi)
 Vaqtinchalik xodimni yozma ravishdagi ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli (MK 499-moddasi).
 
Ish beruvchi tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi bo‘yicha xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinganligi  to‘g‘risida kamida 2 oy oldin yozma ravishda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi yoki xodimga ogohlantirish muddatining davomiyligiga mos keladigan pul kompensatsiyasini to‘lashi shart (MK 168-moddasi).
 
YXKM boshlig‘i E.Raxmatillayev

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)