So'nggi yangiliklar

12 yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolaning otasiga ta’til beriladimi?

Mehnat kodeksining 401-moddasiga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4️ kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu qo‘shimcha ta’tildan ham ota, ham ona birdek foydalanishi mumkinmi yoki ona hech qayerda ishlmasa ota ushbu kafolatdan foydalanishi mumkinmi kabi savollar paydo bo‘lishi tabiiy. Bu kabi savollarga ham kodeksda javob bor.
 Demak, Mehnat kodeksining 410-moddasiga ko‘ra (Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti), ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma’lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak.
 Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga mazkur kafolatlar berilmaydi.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                        SH.Po‘latov

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)