So'nggi yangiliklar

Sud yakuni bo‘yicha davlat boji kim tomonidan undiriladi?

Iqtisodiy prosessual kodeksning 118-moddasida belgilangan umumiy qoidaga ko‘ra, Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.Da’vogar to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika byudjeti daromadiga undiriladi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo‘natmaslik) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, sud ishning natijasidan qat’i nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli.
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Agar da’vogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli bo‘lib, biroq uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatilishi lozim.
Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti                 M.Qo'ziboyev

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)