So'nggi yangiliklar

Muddatli mehnat shartnomasi muddatlari faqat kalendar kunlar bilan belgilanmaydi

Yangi  mehnat kodeksi muddatli mehnat shartnomalariga doir juda ham koplab normalarni o‘z ichiga oladi. Aniqrog‘i kodeksda muddatli mehnat shartnomalari ancha batafsil tartibga solingan. Kodeksning 114-moddasida Mehnat shartnomasining muddatini belgilash usullari keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
1. mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;
2. mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;
3. yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (ob’yektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar). Masalan, siz xodimni boshqa xodim bola tarbiyalash ta’tilidan qaytguncha ishga olishingiz mumkin.
Ko‘rib turganingizdek muddatli mehnat shartnomasini shu uch usul bilan muddatlarini belgilash mumkin. 
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti           M.Qo’ziboyev

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)