So'nggi yangiliklar

XODIMNING "DEKRET"DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA QOBILYATSIZLIK DAVRI HAR YILGI MEHNAT TA’TILINI OLISH HUQUQINI BERADIGAN ISH STAJIGA KIRADI!

Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:-  ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
-  xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari;
-  mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga o‘tkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti;
-  agar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va ko‘nikmalar tekshiruvidan o‘tmaslik xodimning aybisiz yuz bergan bo‘lsa, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan o‘tmagan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
-  agar xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining o‘zi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
-  xodimning iltimosiga ko‘ra beriladigan, ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti;
-  jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari.
Ya’ni yuqoridagi asosda ko‘rinib turibdiki, xodimning "dekret"daligi yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri  har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiradi. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki,  har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:
-  xodim uzrli sabablarsiz ishda bo‘lmagan vaqt;
-  xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar;
-  bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.

Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti             Shoxrux Po‘latov

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)