So'nggi yangiliklar

BOGʻCHAGA BORILMAGAN KUNLAR UCHUN TO‘LOV QILISH SHARTMI?

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 13 bandida “Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi” deb belgilangan. Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmaganligi shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart, shuningdek, Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi asos bo‘lib hisoblanadi.
Bolaning bir yil mobaynida ko‘pi bilan 60 kun matabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi. 
Demak, maktabgacha ta’lim muassasasi oldindan yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa, bolaning bog‘chaga bormagan kunlari uchun pul to‘lanmaydi.

Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti             Shoxrux Po‘latov

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)