So'nggi yangiliklar

OLIS HUDUDLARDA JOYLASHGAN MAKTABGA BORIB ISHLAMOQCHI BO’LGAN O’QITUVCHIGA QANDAY IMTIYOZ VA QO’SHIMCHA TO’LOVLAR MAVJUD?

      Ma’lumki, 2019 yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining "Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi 471-sonli qarori imzolangan.
     Mazkur qarorga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorda ustamalar to‘lanadi:
     6 oydan — 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;
     3 yildan — 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;
     5 yildan — 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;
     10 yildan — 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;
     15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
     Bu hali hammasi emas. Ya’ni, olis hududdagi maktabga borib ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada rag‘batlantirish uchun 2021 yil 11 yanvarda prezidentning PQ-4940 sonli qarori ham imzolangan.
     Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan o‘qituvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lab berish yo‘lga qo‘yilgan.
     Eslatma! Olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 
Jumaboyev Jahongir O’rozboy o’g’li

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)