So'nggi yangiliklar

ISHLAYOTGAN OTALAR QAYSI HOLATLARDA “ONA IMTIYOZLARI” DAN FOYDALANISHI MUMKIN

Bilamizki, yosh bolasi bor yoki bolasini parvarishlayotgan ayol xodimlarga Mehnat kodeksida qo‘shimcha ravishda alohida imtiyoz va kafolatlar berilishi ko‘rsatilgan. Yangi Mehnat kodeksining “ota-onadan biri” degan jumlalar aks etgan moddalarida bunday imtiyozlardan otalar ham foydalanishi mumkinligi nazarda tutilgan. E’tibor bering, yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha otalar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha imtiyozlarga asosan quyidagilar kiradi:
-2 yoshga to‘lmagan bolani parvarishlayotgan ota-onadan birini tibbiy xulosaga ko‘ra vaqtincha yengilroq yoki noqulay yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillaridan holi joyga o‘tkazish (MK 149-modda);
-14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birini faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi (MK 396-modda);
-byudjet tashkilotlarda ishlaydigan 3 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi (MK 397-modda);
-16 yoshga to‘lmagan nogironligi bor bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga oyiga qo‘shimcha 1 dam olish kuni berilib, shu vaqt uchun 1 kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lash (MK 399-modda);
-12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bor bolaning ota-onasidan biriga har yili kamida 4 kalendar kunlik qo‘shimcha ta’til va 14 kunlik ish haqi saqlanmagan ta’til berilishi (MK 401 va 402-moddalari);
-bola 2 yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadigan va bola 3 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan bola parvarishlash ta’tillardan ota ham foydalanishi mumkinligi (MK 405-modda);
-2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar berilishi. Bunda tanaffuslar kamida har 3 soatda, har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi  (MK 407-modda);
-3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga cheklov qo‘yilgan (MK 408-modda).
Biroq, asosiy savol bor: ishlayotgan otalar yuqoridagi imtiyozlardan qaysi holatlarda foydalana oladilar?
Mehnat kodeksining 410-moddasiga asosan ota yuqoridagi imtiyozlardan foydalanishi uchun bolaning onasi bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘z ish beruvchisiga taqdim etishi kerak. 
Masalan, bunday tasdiqlovchi hujjatlarga onaning yuqoridagi tegishli imtiyozdan foydalanmayotgani haqidagi ish joyidan ma’lumotnoma, ona vafot etgan bo’lsa onaning vafot etganligi haqidagi o‘lim guvohnomasi, onaning muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi yoki onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori va hokazolar kirishi mumkin. 
Keyin, agarda ona ishlamasdan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa, yoki u ishlab turib yuqoridagi kafolatlardan o‘zi foydalanayotgan bo‘lsa, otaga bu imtiyozlar berilmaydi. MK 410-moddasining talabi shunday.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 
Jumaboyev Jahongir O’rozboy o’g’li

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)