So'nggi yangiliklar

XODIM ISHDAN BO’SHASH HAQIDAGI ARIZASINI POCHTA ORQALI YUBORISHI MUMKIN!

 Xodim ish beruvchini 14 kun oldin yozma ogohlantirib o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shashga haqli. Ya’ni, arizani kamida 14 kun oldin yozish kerak.  Ayrim xodimlar uchun ogohlantirish muddatlari 14 kundan farq qiladi, ular quyidagilar:
  • tashkilot rahbari uchun – 2 oy;
  • rahbar o‘rinbosari, bosh buxgalter, alohida bo‘linmalar rahbarlari uchun – 1 oy;
  • mavsumiy xodimlar uchun – 3 kun;
  • mikrofirma hamda YATT xodimlari, uy ishchilari uchun –7 kun;
Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig‘iga, uning muoviniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo‘limiga, devonxonaga va b.) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi. 
Xodim ishdan bo‘shash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin, bunda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so‘ng keyingi kunda boshlanadi.
Xodim va ish beruvchi kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashigacha ham bekor qilinishi mumkin.
 Ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart.
 Xodim ogohlantirish muddati tugaydigan vaqtgacha istalgan vaqtda arizasini qaytarib olishi mumkin. Masalan, ogohlantirish muddati 14 iyulda tugasa, xodimning ish vaqti soat 18:00 gacha bo‘lsa, xodim shu soatgacha arizasini qaytarib olishga va ishlashni davom ettirishga haqli.
 Ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishdan bo‘shatilmasa, xodim ishni davom ettirayotgan bo‘lsa, xodimning arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi, keyinchalik xodimni mazkur ariza bilan bo‘shatish mumkin emas.
 Xodim o‘z ishini davom ettirishi mumkin bo‘lmagan hollarda (o‘qishga kirganda, pensiyaga chiqqanda, saylanganda va boshqalarda) xodimni u iltimos qilayotgan muddatda ishdan bo‘shatish kerak
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 
Jumaboyev Jahongir O’rozboy o’g’li.

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)