So'nggi yangiliklar

Xodimning o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqi

Odatda, xodimlar buzilgan mehnat huquqlarini himoya qilish va tiklash uchun turli nazorat organlariga yoki sudga murojaat qiladilar.

Lekin yangi Mehnat kodeksida xodimning o‘zini o‘zi himoya qilish huquqi ham va bunga oid tartiblar ham nazarda tutilgan.

Xodimning mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilish deganda turli nazorat va tekshirish organlariga yoki mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ (masalan, sud)ga murojaat etmasdan yoki murojaat etganda ham mehnat huquqlarini tiklashga va turli to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil harakati tushuniladi (MK 530-modda).

Mehnat kodeksining 531-moddasiga asosan xodim o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida hayotiga va sog‘lig‘iga bevosita taxdid soluvchi ishni bajarishni rad etishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchi talab qilganda ham quyidagilarni:

-mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishni;

-qonunga xilof yoki xayotini va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, xodimning yoki boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni bajarishni ish beruvchini yoki o‘zining bevosita raxbarini yoxud ish beruvchi vakilini yozma xabardor qilgan holda rad qilishga haqli.

Xodim Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda ham ishlarni yoki harakatlarni bajarishni o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida rad etish huquqiga ega.

Mana shu huquqlarni mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchiga murojaat qilgan holda amalga oshirish xodimning o‘zini o‘zi himoya qilish huquqi hisoblanadi.

Yuqoridagi ishlarni rad etish vaqtida bu holatlar bartaraf etilmaguniga qadar xodimning qonunchilikda va mehnatga oid boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha huquqlari saqlanib qoladi. Ya’ni, masalan, o‘rtacha ish haqi olish huquqi ham.

Xodimlarni qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zini o‘zi himoya qilish usullaridan foydalanganlik uchun ularni ta’qib qilish ta’qiqlanadi (MK 532-modda).

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lim boshlig‘i E.Raxmatillayev


Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)