So'nggi yangiliklar

DEKRETGA KETGAN XODIMNING LAVOZIMI BOSHQA XODIMGA YUKLATILSA, QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LANADIMI?

SAVOL. Assalomu-aleykum. Menda bitta savol bor edi davlat muassasida ishlayman yaqinda bizda bitta xodim bola parvarishiga (dekret)ga ketti uning ishini buyruq bilan boshqa xodimga yuklatilsa unga 30 foiz ustama haqi to‘lanadimi? 
JAVOB.
Mehnat kodeksining 259-moddasiga asosan bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:
➖byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
➖byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Ya’ni, siz aytgan vaziyatda xodimga uning asosiy ishini bajarayotgan vaqtda boshqa lavozimdagi ish qo‘shimcha vazifa sifatida yuklansa, uning ish haqiga qo‘shimcha ish haqi belgilanishi kerak.
Agar bu byudjet tashkiloti bo‘lmasa, ish haqida qo‘shimchaning miqdori amalda bajarilgan qo‘shimcha ish xajmidan kelib chiqib to‘lanadi va bunda 50 foizgacha degan cheklov bo‘lmaydi. 
Agar tashkilot byudjet tashkiloti bo‘lsa, bunda ish haqiga qo‘shimchaning miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Qarang, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning lavozimi uning shtatdagi o‘rinbosari, shuningdek, mansab-yo‘riqnomasiga asosan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifasi uning majburiyatlariga aylanadigan shaxslarga zimmasiga yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi, buni ham unutmaslik kerak (MK 116-modda). 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti Djaxongir Djumaboyev!

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)