So'nggi yangiliklar

2026 yilda muqobil manbalardan olinadigan energiyaning ulushini 25 foizga yetkazamiz – prezident

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar bilan uchrashuvda elektromobillarni ishlab chiqarish tarmog‘iga asos solish rejalari haqida gapirdi. Shuningdek, prezident ta’kidlashicha, endi Investorning biror bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini o‘zlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud. Xabaringiz bor, mamlakatimiz oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, mis bo‘yicha – 7-o‘rin, volfram bo‘yicha – 8-o‘rin, kumush bo‘yicha – 9-o‘rin, uran bo‘yicha – 12-o‘rinni egallaydi.

Foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma’lumotlarni ochiq e’lon qildik. 10 dan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirdik, yer solig‘ini bekor qildik, maxsus texnikalarni bojxona to‘lovlaridan ozod etdik.

Biz xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq loyihalarni tayyorladik.

Birgina misol. O‘zbekistonda yiliga 150 ming tonna mis qazib olinadi va uning atigi 70 ming tonnasi qayta ishlanadi. Yaqin yillarda mis ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnaga yetkazamiz. Shu munosabat bilan mis klasterini barpo etishga kirishdik.

Uning hududida mis folgasi, elektrodvigatellar, quyosh panellari, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshira boshladik.

Bundan tashqari, elektromobillarni ishlab chiqarish tarmog‘iga asos solish niyatidamiz.

Siz, hurmatli investorlarni ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik qilishga da’vat etamiz.

Beshinchidan, O‘zbekistonda raqamlashtirish sohasiga investitsiya-larni jalb etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qabul qildik. Ushbu hujjatda barcha muhim sohalarni raqamlashtirish nazarda tutilgan.

Biz mamlakatimiz hududlarida IT-parklarni tashkil etmoqdamiz. Bunday parklar rezidentlari barcha soliqlardan va yig‘imlardan ozod qilingan. Xorijiy investorlar va texnologiya-larning faol ishtirokisiz ushbu sohani rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushunamiz. Shu sababli Kengash a’zolari bilan mazkur yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda samarali hamkorlikka umid qilamiz.

Oltinchidan, O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish jarayonida faol qatnashmoqda. Qabul qilingan Strategiyamizga muvofiq, 2026 yilga borib muqobil manbalardan olinadigan energiyaning umumiy generatsiyadagi ulushini 25 foizga yetkazamiz.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishni mo‘ljallamoqdamiz.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birga 2050 yilgacha milliy iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik.

 “Yashil” loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni davom ettirishdan manfaatdormiz, va ularda Kengash a’zolarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Afsuski, ajratilgan vaqt hamkorlikning barcha istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish imkonini bermaydi. Shuning uchun xorijiy investorlar bilan ishlashni quyidagi tartibda tashkil etish zarur, deb hisoblayman.

Qayd etilgan har bir ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi.

Ushbu Ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritadi hamda chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Xususan, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida ko‘rsatadi. Yangi Ishchi guruhning faoliyatini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov muvofiqlashtirib boradi.

U boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor e’tiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi. Bosh vazir o‘rinbosarlari J.Xodjayev, J.Qo‘chqorov, J.Mirzamaxmudov o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni ijobiy hal etishni ta’minlaydi. Investorning biror bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi. L.Qudratovga har oyda bir marotaba Prezidentga hisobot kiritish vazifasi yuklatiladi.

Ishchi guruhi Kengash kotibiyati bilan, xorijiy investorlar takliflari asosida, aniq loyihalar, ularni amalga oshirish uchun qonunchilikni takomillashtirish, muddatlar va mas’ul ijrochilar belgilangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi lozim” – dedi davlat rahbari o‘z nutqida.


Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)