So'nggi yangiliklar

Ishdan bo‘shayotganda xodimga qanday pullar to‘lab berilishi kerak?

 
Ko‘pchilik xodimlar ishdan bo‘shayotganda menga ishxana tomonidan pul to‘lab berilishi kerakmi? degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi. Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab berish belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
👉 oxirigacha olinmagan ish haqini;
👉 xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
👉 agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olishini belgilangan. 
Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar to‘lab berilishi kerak.
Bu pullar qachon to‘lanishi kerak?
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keying davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’ziboyev

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
Декабрь 2020 (8)