So'nggi yangiliklar
Shifokorlarga yetkazib qo‘ying.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida tibbiyot xodimlariga tegishli bo‘lgan, eski tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud bo‘lmagan bir norma aks etgan. E’tibor beramiz, yangi MKning 502-moddasi 5-qismiga ko‘ra agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida 3 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin alohida ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart.Tanaffus deganda, shifokorning 3 yil va undan ko‘p vaqt davomida ijtimoiy ta’tillarda bo‘lganligini, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlaganligini, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalarni tushunamiz.
Albatta bu juda ham muhim qoida, ayniqsa, tibbiyot muassasalarining bemorlar oldidagi mas’uliyat va javobgarlik borasida nozik qoida hamdir.
Keyin, bu norma davlat muassasalari uchun ham, hususiy klinikalar uchun ham majburiydir, shunga qarab qo‘yaylik.
Bu qoida buzilib shifokor ishga qo‘yilsa va natijada qaysidir bemorning xayoti xavf ostida qolsa, masalan, xudo ko‘rsatmasin, o‘sha shifokorning aybi bilan bemor vafot etsa, buning javobi juda og‘ir bo‘ladi. Ayniqsa, rahbar uchun va o‘sha shifokor uchun. Gap jinoiy javobgarlik haqida ham ketmoqda.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Djumaboyev Djahongir.
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
| « Декабрь 2025 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 31 | ||||
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Август 2025 (1)
Сентябрь 2023 (35)
Ноябрь 2022 (7)
Октябрь 2021 (1)
Май 2021 (2)
Февраль 2021 (1)
